
“Manchester Yunayted”da katta yo‘qotish
“Manchester Yunayted” mutasaddilari jamoaning yozda olingan qimmatbaho futbolchisi Rafael Varan jiddiy jarohat olgani va bir necha uchrashuvda yordam bera olmasligini tasdiqladi.
Frantsiyalik himoyachi Chempionlar ligasi doirasida “Atalanta” bilan bo‘lgan bellashuvda shikastlandi.
- Klub Rafael tizzaosti payidan shakastlanganini ma’lum qiladi. Bu jarohat tufayli u kamida bir oy safdan chiqdi, - deb bayonot tarqatdi “Manchester Yunayted” matbuot xizmati.
Varan joriy mavsumda barcha turnirlarda to‘qqiz marta maydonga tushdi va o‘z vazifasini bajarishdan tashqari bitta golli pas ham oshirdi.
Fikrlar