"Manchester Yunayted"ga kelgan Rangnikning ilk nishoni ma’lum bo‘ldi

  • 30 noyabr, 2021, 15:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik qishki transfer oynasida klubni kuchaytirish uchun transferlardan foydalanmoqchi.

Tecno

"The Times" nashrining xabar qilishicha, germaniyalik mutaxassisga MYu futbolchilarining pressingda ishlashi yoqmayapti. Shuning uchun, u Manchesterga yosh va kuchga to‘la yarim himoyachi Amadu Aydarani olib kelishni reja qilgan.

Rangnik "RB Leyptsig"ni boshqargan paytlari Aydarani jamoaga taklif etgan. 23 yoshli yarim himoyachi uchun nemis klubi 33 million funt sterling talab qilmoqda.

Joriy mavsum malilik futbolchi "buqalar" safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!