“Hech narsani eplolmadik”. Rangnikning rejasi amalga oshmadi!

  • 23 may, 2022, 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni katta maqsadlar bilan qabul qilib olga Ralf Rangnik mavsumdan qoniqmaganini aytdi. Germaniyalik mutaxassis yarim mavsum davomida “Yunayted”ni Chempionlar ligasiga olib chiqolmadi, futblchilar ko‘rsatgan o‘yin sifati ham ancha past baholandi.

- Biz shiddatli futbol ko‘rsatishda etarlicha raqobatbardoshlik ko‘rsata olmaganimizga qo‘shlaman. Raqib maydonida hujum qilayotganda ularni bosim ostida ushlab turish kerak, men xuddi shunday futbol tarafdoriman.

Men va murabbiylar shtabidagi mutaxassislar “Yunayted” o‘yinchilaridan shuni kutgandik. Hamma ayb ularda emas, bizda ham kamchiliklar bo‘ldi. O‘z ishimizni yaxshiroq uddalashimiz kerak edi. Hammamiz birgalikda dadilroq  harakat qilishimiz shart edi.

Lekin biz ko‘zlagan futbolni namoyish qilish uchun har bir o‘yinchi o‘zi zo‘r o‘ynaydigan pozitsiyada bo‘lishi talab etiladi, - dedi Ralf Rangnik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!