Manchesterda tekin ishlashga tayyorman!

  • 04.10.2025 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Keyingi paytda “Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Ruben Amorim bilan xayrlashishi va o‘rniga boshqa mutaxassis qidirayotgani haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

TALKsport nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan angliyalik murabbiy Nil Uornok ushbu jamoani tekinga boshqarishga tayyorligini bildirdi.

- Hozir bo‘shman. “Manchester Yunayted”ni boshqarsam, bir funt ham olmayman, tekinga ishlashga roziman. Nomzodlar ro‘yxatiga mening ham nomimni qo‘shib qo‘yinglar, - dedi Nil Uornok.

76 yoshli mutaxassis murabbiylik faoliyatida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Angliyaning yigirmaga yaqin jamoasida ishlagan. Bundan tashqari, 2024 yili Shotlandiyaning “Aberdin” jamoasida qisqa muddat ishladi va shundan beri ishsiz yuribdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
04/10/2025 08:49
афсус, бундай мутахассисларни олишмайди!