Manchesterliklar APLning qimmatbaho ikki yulduziga so‘rov yubordi

  • 06.03.2026 04:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibini kuchaytirish maqsadida “Nyukasl” yarim himoyachilari Sandro Tonali va Bruno Gimaraesga da'vogarlik qilmoqda.

Ikkala qimmatbaho futbolchi ham agar jamoa Chempionlar ligasiga yoʻllanma ololmasa, kelasi yozda “qarğalar” safini tark etishi mumkin.

Topskills Sports UK nashri ma'lumotiga koʻra, manchesterliklar 25 yoshli italyalik va 28 yoshli braziliyalik futbolchi boʻyicha allaqachon rasmiy soʻrov yuborgan. Biroq “Nyukasl” ularga hali transfer ma'lumotlarini taqdim qilgani yoʻq.

Transfermarkt portali ekspertlari har ikki futbolchining transfer qiymatini bir xil — 75 million yevroga baholagan. “Nyukasl” rahbariyati shartnomasi 2028 yilning yarmigacha tuzilgan bu oʻyinchilarni qoʻyib yuboradigan taqdirda yanada qimmatroq summa taoab qiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!