
Manchesterliklar “Barsa”ga o‘tmoqchi bo‘lgan yulduzini “Real”ga joylamoqchi
“Manchester Yunayted” klubida tarbiyalangan hujumchi Markus Reshford faoliyatini davom ettirish uchun o‘ziga yangi jamoa tanlashiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bosh murabbiy Ruben Amorimga bu futbolchi kerak emas. Shu bois, Reshford mavsumni ijara asosida “Aston Villa”da yakunladi.
Reshfordning o‘zi anchadan beri “Barselona”ga o‘tishni istayapti. Buning uchun angliyalik to‘purar maoshining sezilarli pasayishiga ham qarshi emas. Biroq “Manchester Yunayted” rahbariyati uni kataloniyaliklarning ashaddiy raqibi “Real”ga o‘tkazishga harakat qilyapti.
Bu haqda Defensa Central nashri yozdi. Manbaga ko‘ra, “Real”ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso Xoselu uslubida o‘ynaydigan hujumchi qidiryapti. Manchesterliklar 27 yoshli o‘yinchisini bu rolni bajara olishini ta’kidlab, “Real”ga uni olishni taklif qildi.
Fikrlar