Manchesterliklar bir klubning ikki yulduzini olib ketadi
Angliya Premier-ligasining ikki badavlat klubi – “Manchester Yunayted” va “Nyukasl Yunayted” skautlari Fransiya chempionati yuqori divizioni 27-turidan o‘rin olgan “Lyon” va “Monako” (1:2) uchrashuvida ishtirok etdi.
Ushbu o‘yinda angliyalik mutaxassislar “Monako” ikki vakili – 22 yoshli yarim himoyachi Lamin Kamara va 24 yoshli hujumkor futbolchi Magnes Akliushni diqqat bilan kuzatdi.
Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, birinchi navbatda “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” aynan Kamara uchun jiddiy raqobat olib borishi kutilmoqda. Shuningdek, Angliya chempionatidagi yana bir nechta klublar ham senegallik futbolchining rivojlanishini kuzatib boryapti.
Joriy mavsumda Kamara barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. Akliush esa 36 ta o‘yinda maydonga tushib, yetti gol va sakkiz assist qayd etgan.
Fikrlar