Manchesterliklar birdaniga “Bavariya”ning ikki yulduzini olib ketmoqchi

  • 3 avgust, 2024, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yuqori maqsadlar uchun kurashishmoqchi. Klub rahbariyati maqsad sari intilishni tarkibni tartibga solishdan boshladi.

Bosh murabbiy Erik ten Xag Manchesterga ilgari o‘zi bilan ishlagan o‘yinchilarni olib kelishga e’tibor qaratmoqda. Klub mutasaddilari niderlandiyalik bosh murabbiy talabiga binoan, “Bavariya”ga ikki himoyachi – Matteys de Ligt va Nusser Mazraui bo‘yicha taklif yubordi.

Har ikki futbolchi bir necha yillar oldin Erik ten Xag qo‘l ostida “Ayaks”da to‘p tepgan va taqdir taqozosi bilan Myunxen superklubida ham ularning yo‘llari kesishib qoldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Bavariya” angliyaliklarning birinchi taklifini qabul qilmagan. Bundesliga grandi 24 yoshli Matteys de Ligt  va 26 yoshli Nusser Mazraui transferidan ko‘proq pul ishlab olmoqchi.

Manchesterliklar hali kurashdan chiqmoqchi emas. Ular har ikki himoyachiga agentlik qilayotgan Rafaela Pinmentaning yordamidan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!