Manchesterliklar mundialda zo‘r o‘ynagan Norvegiya himoyachisini oladi
Dortmundning «Borussiya» jamoasi himoyachisi Yulian Ryüerson Germaniyadan tashqarida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Nemis matbuotining xabar berishicha, norvegiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirgan. Manchestershiklar allaqachon dortmundliklar bilan Ryüersonning ehtimoliy transferi bo‘yicha muloqotni boshlagan.
«Borussiya» esa o‘z himoyachisini 30 million evrodan kam miqdorga qo‘yib yuborishni istamayapti.
Yulian Ryüerson 2023 yili Berlinning «Union» tarkibidan dortmundliklarga 5 million evro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildgi mavsumda u «Borussiya» safida barcha musobaqalar doirasida 42 o‘yinda maydonga tushib, 18 ta golli pas muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Ryüersonning bozor qiymatini 25 million evro atrofida baholamoqda.

Fikrlar