Manchesterliklar qadrlamagan hujumchini beshta klub talashyapti

  • 13 avgust, 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati va muxlislari jamoaning daniyalik markaziy hujumchisi Rasmus Xyoylundni klubdan tezroq ketishini istayapti.

Tecno

Qimmatbaho forvard ikki mavsumdan beri o‘zidan kutilgan darajada o‘ynay olmayapti. Manchesterliklar to‘purar hujumchi masalasini hal qilish uchun Benjamin Sheshkoni sotib oldi. O‘z-o‘zidan endi Rasmus Xyoylund jamoada keraksiz o‘yinchiga aylanadi.

Shunga qaramay, Italiya klublari 22 yoshli futbolchiga ohiz sola boshladi. Jurnalist Piter Xollning ma’lum qiligicha, Xyoylundni “Milan”, “Inter”, “Yuventus”, “Napoli” va “Roma” kabi kuchli klublar o‘z tarkibiga qo‘shib olishga tayyor.

Xyoylund Manchesterga kelgunga qadar A Seriyada “Atalanta” sharafini himoya qilib, to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan edi. Transfer bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, Italiya klublari bu forvardni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!