Manchesterliklar “Roma”ning hujumdagi futbolchisini chorlamoqda. U kim ekan?

  • 20 fevral, 2022, 19:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanoloni transfer qilmoqchi bo‘lyapti. Bu haqda ASRomaLive nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Joriy mavsumda ham yuqori saviyada o‘ynayotgan Nikologa bir necha mamlakatlarning etakchi klublari xaridor bo‘lmoqda. Angliyada manchesterliklardan tashqari “Liverpul” ham 22 yoshli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya himoyachilari Dzanoloni to‘xtatib qolish uchun unga nisbatan qo‘pol o‘ynayotganini inobatga olib, shogirdiga boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni maslahat bergan edi.

O‘z navbatida, Rim klubi ham futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Biroq ular ko‘proq daromad ko‘rish maqsadida avval Nikolo bilan shartnomani uzaytirib, keyin uni 50 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga transfer qilishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, beshta golli pas bergan hujumkor futbolchining amaldagi bitimi 2024 yilning yarmigacha imzolangan. Ayni paytda Dzanoloning transfer summasi 33 million evroni tashkil qilmoqda. “Roma” o‘z tarbiyalanuvchisini bu summaga qo‘yib yubormaydi.

010324_m

Mourino himoyachi tanladi

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Ukrainaning “Shaxtyor” klubidan Dodoni transfer qilmoqchi.

Portugaliyalik mutaxassis “Arsenal”dan ijaraga olingan Eynsli Meytlend-Naylsning o‘yinidan u qadar mamnun emas. Yozda chap qanotni mustahkamlay oladigan o‘yinchi sifatida Dodoga e’tibor qaratdi.

Asromalive nashrining xabar berishicha, Dodoning muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani, Evrokuboklarda ishtirok etayotgani va o‘yin uslubi rimliklarga juda ma’qul kemoqda.

“Shaxtyor” bu futbolchini sotib yuborishga qarshi emas. Ular braziliyalik himoyachi uchun 20-25 million evro atrofida badal puli talab qilmoqda. Ayni paytda Dodoga rimliklardan tashqari “Real”, “Arsenal”, “Bavariya” va “Atletiko” singari qudratli klublar ham jiddiy qiziqyapti.

Dodoning donetskliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha imzolangan. Joriy mavsumda bu o‘yinchi 20 ta uchrashuvda qatnashib, to‘rtta golli pas oshirdi.

DSC_1101

Men “Roma”ga qaytmayman!

“Roma” tarbiyalanuvchisi Allesndro Florentsi joriy mavsumda ijara asosida “Milan” sharafini himoya qilmoqda.

Calciomercato.com saytining xabar berishcha, 30 yoshli himoyachi milanliklar safiga shu qadar mustahkam o‘rnashib oldiki, kelasi mavsumni ham “Milan” safida o‘tkazmoqchi va yozda “Roma”ga qaytmoqchi emas.

Futbolchining agenti Alessandro Luchchi tez kunlarda har ikki klub mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazib, Florentsini “Milan”da qolishini ta’minlashni rejalashtirmoqda.

Rimliklar ijara shartnomasida Florentsini sotib olish uchun “Milan” 4,5 million evro miqdorida badal to‘lashi belgilangan. Milanliklar bo‘lajak muzokaralarda bu summani pasaytirishga urinadi. Chunki bu himoyachi “Roma” ustozi Joze Mourino rejalariga kirmaydi.

327119

Mourinoga Oliveyra ma’qul keldi

Yanvar oyida “Portu”dan ijaraga olingan Serjiu Oliveyraning xatti-harakatlari bosh murabbiy Joze Mourinoga ma’qul kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan yozda o‘z hamyurtini to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanishga chaqirdi.

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, rimliklar tajribali yarim himoyachini olib qolish uchun portugaliyaliklarga 13 million evro miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.

Serjiu Oliveyra Rimga kelganidan beri “bo‘rilar” safida oltita uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga ikkita gol urdi va jamoadoshlariga bitta golli pas uzatdi.

orig_570282

Mourino “Roma”da qoladiganlar va yozda ketadiganlar nomini aytdi. Shomurodov qaysi guruhda?

Temmi Abraxam o‘rniga boshqa hujumchi olamiz!

Shomurodov Ronaldu bilan yonma-yon to‘p tepishi mumkin! Buning uchun esa...

Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!