Manchesterliklar transferlarga 250 million funt ajratdi

  • 18.12.2025 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” jamoaning yuqori maosh oluvchi uch nafar futbolchisi bilan hamkorlikni to‘xtatishni va keyingi ikki-uch transfer oynasida yangi o‘yinchilarni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, mankunianlar yaqin ikki-uch yil ichida joyini boshqa o‘yinchilarga bo‘shatib beradiganlar ro‘yxatiga Kazemiro, Markus Reshford va Brunu Fernandeshni kiritdi.

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» jamoani qayta qurishda asosiy figura bo‘ladigan uch nafar yangi yarim himoyachini sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Manchesterliklar 70 million funtga baholanayotgan “Kristal Pelas” futbolchisi Adam Uortonni olishga harakat qilmoqda.

Shuningdek, ular “Brayton” 100 million funtdan kamiga sotmaydigan Karlos Balebaga ham qiziqish bildiryapti. Uchinchi variant sifatida “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson belgilangan. “Manchester Yunayted”  o‘yinchini 60 million funtga sotib olishga umid qilmoqda, ammo “o‘rmonchilar” 80 million funt talab qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!