
Manchini sog‘aydi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini koronavirusdan butkul sog‘aydi.
Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, 55 yoshli italiyalik mutaxassisning Covid-19 ga topshirgan so‘nggi testi manfiy chiqqan. Kasallik Manchinida deyarli alomatlarsiz kechgan.
Manchini 19 kun davomida karantinda bo‘ldi va bu vaqt orasida Italiya terma jamoasi Estoniya (4:0), Polsha (2:0) hamda Bosniya va Gertsegovinaga (2:0) qarshi o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar