
Manjukich PSJga o‘tishni istamadi
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich ushbu yozgi transfer oynasida PSJga o‘tmaydi.
Xabar qilinishicha, 33 yoshli xujumchi PSJ taklifini rad etgan.
Manjukich transferning so‘nggi kunlarida, shoshqaloqlik bilan jamoasini almashtirishni istamayapti.
Xorvatning so‘zlariga ko‘ra, bu borada qishda xotirjamlik bilan qaror qilgani ma’qul. Yanvar oyida u "Yuventus" dan "Manchester Yunayted" ga yoki Xitoy ligasiga ketishi mumkin.
Fikrlar