Maoshing to‘rt baravar oshadi! "Barsa" yulduzi Saudiya Arabistonidan juda katta taklif oldi

  • 10.06.2026 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jurnalist Ferran Martinesning yozishicha, "Barselona"ning braziliyalik futbolchi Rafinyaga Saudiya Arabistonining bir emas, ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yetakchilaridan biri hisoblangan Rafinyani "An-Nasr" va "Al-Hilol" o‘z safiga qo‘shib olishni jamoalari istamoqda. Har ikki klub ham uning transferi uchun taxminan 80 million yevro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.

Xabarlarda qayd etilishicha, Rafinyaga taklif etilayotgan maosh hozirgi ish haqidan to‘rt baravar yuqori bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik vingerning kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!