
Marat Bikmaev ikkinchi davrani qaysi klubda boshlashi ma’lum
Yaqinda “So‘g‘diyona” klubini tark etgan hujumchi Marat Bikmaevga bir qator takliflar kelib tushdi.
Ikkinchi davrani qaysi klubda davom ettirish yuzasidan olib borgan muzokaralardan so‘ng futbolchi Samarqandning “Dinamo” klubiga qo‘shildi. Bu xabarni Bikmaev tasdiqladi va shu kunlarda shartnoma imzolashini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” 12 ta o‘yindan keyin 7 ochko bilan turnir jadvalida oxirgi – 14-pog‘onada boryapti. Shu bois klub ikkinchi davrada tarkibni yanada kuchaytirish ustida ish olib bormoqda.
Fikrlar