Marat Bikmaev "So‘g‘diyona"dan ketdi!
Mavsum avvalida “So‘g‘diyona” safiga qo‘shilgan tajribali hujumchi Marat Bikmaevning Jizzaxdagi faoliyati yakuniga etdi. Boisi, futbolchi klub bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi va do‘stona tarzda xayrlashdi.
Bikmaevning o‘zi ham Sports.uz saytiga “So‘g‘diyona”ni tark etganini tasdiqladi. Shuningdek, klub matbuot xizmati ham uning jamoa bilan xayrlashgani haqida xabar berdi.
Hujumchi birinchi davrada jizzaxliklar safida Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 250 daqiqa harakat qildi va 2 marta sariq kartochka bilan “siylandi”. Bundan tashqari, Marat OFK Kubogi guruh bosqichida jamoasining muvaffaqiyatli ishtirokiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Fikrlar