Mareska: "Chelsi"ning muammolari rahbariyatning yondashuvida"
Taniqli insayder Ben Yakobs Mareskaning jamoadan ketishining asosiy sababi haqida gapirdi.
Manbaga ko‘ra, klub ichidagi keskinlik ancha vaqtdan buyon yig‘ilib kelgan. Buning asl sababi qilib, Mareska va rahbariyat o‘rtasida o‘yin masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar keltirilgan. Murabbiy asosiy tarkibni tanlash hamda ularni almashtirish bo‘yicha qarorlarga aralashgani uchun rahbariyat bilan ziddiyatga borgan. Enco bunday masalalar faqat murabbiylar shtabi vakolatida ekanini ko‘p bor ta’kidlagan.
Shuningdek, Mareskaning fikricha, "Chelsi"ning muvaffaqiyatsizliklarining asl sababi xo‘jayinning yondashuvi va jamoa rivojlanishining sustligida. Shu bilan birga, klub tanlagan yo‘lidan qaytishni ham istamaydi" dedi Mareska.
Ma’lumot uchun, "aristokratlar" APLning 19-turidan so‘ng, turnir jadvalining 5-pog‘onasini band etib turibdi.
Fikrlar