
Mario Kortegana: "Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi savol ostida qolmoqda"
Insayder Mario Kortegana braziliyalik vinger Vinisius Juniorning madridliklar safidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
Vinisiusning yuqori maosh talablari va past samaradorligi fonida klub rahbariyati uni sotish g‘oyasini ko‘rib chiqyaptimi?
"O‘tgan yozda Saudiya Arabistonidan Vinisius transferiga qiziqish bo‘lganida, "Real" rahbariyati hatto muzokaralarga kirishishni ham xohlamagan edi. Ammo bugungi holat umuman boshqacha.
Masalaga yaqin manbaning aytishicha, agar saudiyaliklar yana taklif bilan chiqsa, klub rahbariyati futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi ajablanarli hol emas. Chunki ular taklifni ham klub, ham futbolchi uchun jozibador qilishga intilishadi.
Shu bilan birga, hozircha bu haqda aniq qaror yo‘q. "Real" futbolchidan ko‘rsatkichlarini yaxshilashni istamoqda. Ular Vinisius talab qilayotgan darajada maosh berishni xohlamasa-da, shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar davom etishi mumkin.
Ayni paytda madridliklar hali qaror qabul qilish bosqichiga etmagan: uni hozir sotishmi, 2026 yil yozida arzonroq bahoga qo‘yishmi yoki 2027 yilda shartnoma tugaganda mutlaqo tekinga ketishiga yo‘l qo‘yishmi, degan savollar ochiq qolmoqda", — dedi "The Athletic" jurnali jurnalisti Kortegana.
Avvalroq futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma borasida muzokaralar to‘xtab qolgani xabar qilingandi. "Real" unga yillik 20 million evro maosh taklif qilgan, ammo futbolchi bu summaga yana 10 million evro bonus qo‘shilishini talab qilmoqda.
Fikrlar