Mark Kukurelya tarixga kirdi
"Xetafe" yarim himoyachisi Mark Kukurelya kecha Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Atletik" Bilbaoga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga 18-soniyadayoq gol urdi.
E’tiborlisi, Markning goli “Xetafe”ning Ispaniya chempionati tarixida kiritgan eng tezkor goli sifatida qayd etildi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. “Xetafe” esa 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar