Markaziy Osiyoning eng zo‘r darvozaboni O‘zbekistondan

  • 17 may, 2020, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasi tarixida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan jami 120 nafardan ortiq legioner to‘p surgan.  Sportbox.ru ana shu futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.

Tecno

 Sharq – nozik masala. Rossiyadagi tarixiy terma jamoada 7    futbolchimiz bor

Biz har bir chiziq bo‘yicha eng kuchli, deb topilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynagan charm to‘p ustalarini alohida tanishtiramiz.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari terma jamoalari darvozasini qo‘riqlagan posbonlar orasida eng zo‘ri Aleksey Polyakov bo‘lib chiqdi. Asosiy tarkibdagi yagona joy aynan O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘riqlagan mohir darvozabonga berildi. Polyakov tojikistonlik Andrey Manannikov, qozog‘istonlik Konstantin Ledovskix va Andrey Sidelnikovni orta qoldirdi.

Nega Polyakov?

U raqobatchilariga qaraganda yuqori darajada ko‘p uchrashuv o‘tkazgan. Darvozabon o‘ynagan klublarning ham mavqei baland. O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini 18 ta o‘yinda qo‘riqlagan posbon Rossiya premer-ligasida 130 ta uchrashuvda qatnashgan. “Lokomotiv” tarkibida bir marta vitse-chempion, ikki marta sovrindor bo‘lgan, Rossiya kubogi va Superkubogini yutgan. “Krilya Sovetov” jamoasida ham bronza medalga ega chiqqan.

Polyakovning o‘ziga xos xususiyatlari – tezkor reaktsiya, xotirjamlik va professionallik”, deb yozadi Sportbox.ru.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!