Marko Rossi: "Soboslayning bolalik orzusi – "Real"
Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi o‘z shogirdi Dominik Soboslai haqida fikr bildirdi. Avvalroq yarim himoyachining "Liverpul"dan "Real"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
"The Touchline" keltirgan ma’lumotga ko‘ra, Rossi shunday degan: "Soboslai bolaligida futbol o‘ynay boshlaganidan beri uning orzusi doimo "Real" bo‘lgan. Dominik futbol bilan shug‘ullana boshlagan paytdanoq yagona orzusi — "Real" safida o‘ynash edi".
2025/2026 yilgi mavsumda Soboslai "Liverpul" tarkibida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchini 85 million yevro baholamoqda.

Fikrlar