Marko van Basten jahonning eng kuchli futbolchisini aytdi
Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Marko van Basten jahonning eng kuchli futbolchisini aniqladi.
"Shubhasiz, hozirda Lamin Yamal jahonning eng yaxshi futbolchisi", – dedi u "Rondo" shouida.
Ushbu uch marta "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan futbolchining ta’kidlashicha, vinger faqat o‘zini rivojlantirishda davom etsa va jarohatlardan qochsa, eng yaxshi bo‘lib qoladi.
"Men faqat shuni umid qilamanki, uning o‘yinidan imkon qadar uzoq vaqt bahramand bo‘lish imkonimiz bo‘ladi", – dedi 30 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan o‘yinchi.
Fikrlar