Markos Maydana Floyd Meyvezerni tishini qay tarzda sindirib yuborgandi?

  • 11.04.2020 23:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Ikki divizion bo‘yicha sobiq jahon chempioni Markos Maydana besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning singan tishini ko‘rsatdi.

Maydana  Floydga qarshi revansh jangining  uchinchi raundida o‘ng qo‘li bilan to‘g‘ridan bergan zarbasidan so‘ng uning tishi sinib ketadi. Argentinalikning jamosi a’zosi uni ringdan oladi va Markos Mayvezerning tishini esdalik sifatida saqlab qo‘yadi. Maydana o‘z instagram sahifasiga ushbu suvenirga aylangan tish rasmini ham joylagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!