Marokash federatsiyasi rahbari Yamal haqida: «U bilan finalda uchrashishga umid qilaman»

  • 14.06.2026 21:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Marokash futbol federatsiyasi prezidenti Fuzi Lekyaa jahon chempionati finalida Marokash va Ispaniya terma jamoalari to‘qnash kelishini istashini ma’lum qildi. Ispaniya terma jamoasi safida «Barselona» yarim himoyachisi, marokash ildizlariga ega Lamin Yamal to‘p surmoqda.
 

Lekyaa avvalroq Yamalarni «Atlas sherlari» safida o‘ynashga ko‘ndirish uchun jiddiy urinishlar qilgan.
 

«U bilan bir necha bor ham Marokashda, ham Ispaniyada uchrashganmiz. Unga marokash futboli rivoji bo‘yicha loyihamiz va maqsadlarimizni taqdim etdik, lekin oxir-oqibat uni ishonchira olmadik», — deya esladi Lekyaa Aljazeera360 nashriga bergan intervyusida.
 

«Umid qilamanki, finalda unga qarshi maydonga tushamiz va shunda u to‘g‘ri tanlov qilgan-qilmaganini bilib olamiz», — deb qo‘shimcha qildi federatsiya rahbari.
 

Uning ta’kidlashicha, bu gaplarini u hazil va ironiya ruhida aytgan, shu bilan birga futbolchining qarorini to‘liq hurmat qilishini qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!