
Marselo: "Zidan kelishi bilan har qanday jamoaga qarshi kurasha olishimizni tushundik"
"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo 2016 yilda Zinedin Zidan bosh murabbiy bo‘lganidan keyin jamoa qanday o‘zgarganini aytib berdi. Frantsiyalik mutaxassis boshchiligida "qirollik klubi" ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.
"Real" Zidan kelganidan keyin ancha o‘zgardi. Uning tayinlanishidan keyin biz har qanday jamoaga qarshi kurashishimiz mumkinligini angladik. Modrich va Ramos ketma-ket 3 yoki 4 ta Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimiz mumkinligini aytishgan", - deya Marseloning so‘zlarini keltiradi "Diario AS" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Marselo hozirda "Olimpiakos" bilan shartnomasi bekor qilinganidan keyin erkin agent hisoblanadi.
Fikrlar