Marseloning "qilig‘i" qimmatga tushdi

  • 22.01.2022 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi chap qanot himoyachisi Marselo Ispaniya kubogida 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik himoyachi bitta o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani uchun, yana ikkita o‘yinni esa hakamni tanqid qilgani uchun o‘tkazib yuboradi.

33 yoshli Marselo joriy mavsum "Real"ning 9 ta o‘yinida maydonga tushdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!