Marseloning "Real"dagi o‘rnini kim egallashi aniq

  • 2 fevral, 2022, 19:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real " mavsum oxirida shartnomasi tugaydigan himoyachi Marseloga o‘rinbosar qidirmoqda.

Tecno

Jurnalist Serxio Santosning so‘zlariga ko‘ra, "qirollik klubi" braziliyalik futbolchi o‘rniga "Rayo Valekano"ning chap qanot himoyachisi Fran Garsiyani Madridga olib kelmoqchi. Marseloga o‘rinbosar sifati qaralayotgan 22 yoshli ispaniyalik futbolchi asli “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar Santosning transfer huquqlarining 50 foiziga egalik qiladi, shuning uchun uni sotib olishda moliyaviy va boshqa muammolar bo‘lmaydi. Transfer summasi atigi 5 million evroni tashkil qiladi.

Fran Garsiya bu mavsum “Rayo Valekano” safida La Ligada birorta o‘yinni o‘tkazib yubormadi va har bir o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!