Martinelli "Arsenal"ni tark etishi mumkin — "Atletiko" da'vogarlardan biri

  • 31.03.2026 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi vingeri Gabriyel Martinelli joriy mavsum yakunlangach jamoasini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqida "Teamtalk" jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, "kanonirlar" rahbariyati braziliyalik futbolchi bilan yaxshi taklif tushgan taqdirda xayrlashishga tayyor.

Martinellining ehtimoliy yangi manzillaridan biri sifatida Madriddning "Atletiko" klubi tilga olinmoqda. "Matraschilar" yozgi transfer oynasida uni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.

24 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar moʻljallangan.

Transfermarkt ekspertlari uning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!