Martines qo‘l ostidagi Portugaliyaning unumdor futbolchisi nomi aytildi

  • 09.09.2024 16:23
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Bruno Fernandesh Roberto Martines qo‘l ostidagi Portugaliya terma jamoasining gol+pas borasida eng yaxshi futbolchisi.

"Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Millatlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Shotlandiyaga qarshi o‘yinda (2:1) gol urdi.

Roberto Martines Portugaliya terma jamoasini boshqargan 2023 yildagi birinchi o‘yinidan beri Bruno Fernandesh 20 o‘yinda jamoaning 21 ta golida (11 ta gol va 10 ta golli uzatma) bevosita ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!