"Mash’al" klubi bayonot berdi: Asror Aliqulov jamoa bilan birga emas

  • 22 iyul, 15:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikkinchi davraga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasining murabbiylar shtabida vaqtincha o‘zgarish yuz berdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Asror Aliqulov jamoa bilan bo‘lmayotgani aytilmoqda. 

Mazkur holat bo‘yicha olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Asror Aliqulov vaqtincha ta’tilga chiqqan. Ta’tilning sababi oilaviy sharoitlar bilan bog‘liq. 

Eslatib o‘tamiz, uning “Mash’al” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va klub murabbiyga to‘liq ishonch bildiradi.

Ayni paytda jamoani Otabek Narzullaev ikkinchi davraga tayyorlamoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!