"Mash’al"da jiddiy yo‘qotishlar
“Mash’al”ning “Andijon”ga qarshi pro liga 16-tur o‘yini oldidan bir qator futbolchilar jarohati va kartochkalari tufayli jamoaga yordam bera olishmaydi.
Jumladan, Mikola Agapov, Ravshan Yagudin, Jaloliddin Bahodirov, Saidmahmud G‘ulomovlar jarohati tufayli, Siroj Rahmatullaev sariq kartochkalari to‘rttaga etganligi sababli “Gazchi” larga yordam bera olishmaydi, - deya xabar bermoqda “Mash’al” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” – “Andijon” uchrashuvi Muborakda Bahrom Vafoev nomli o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv bugun soat 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar