Masharipov jamoasi Ronaldu bilan birga o‘ynagan yulduzni chaqiryapti

  • 15 yanvar, 2023, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduni qo‘lga kiritganidan keyin “An-Nasr” Evropa futbolchida porlagan boshqa yulduzlarni ham o‘z safiga chorlashda davom etmoqda.

Endi saudiyaliklar “Yuventus”da Ronaldu bilan birga o‘ynagan kolumbiyalik yarim himoyachi Xuan Kuadradoni chaqiryapti.

Manbalarning ta’kidlashicha, 35 yoshli futbolchi Turin klubida asosiy figuralar safidan chiqarildi. Shu bois, Kuadradoning o‘zi ham yangi chaqiriqlarni qabul qilishga tayyor.

Kuadradoning aaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.

Tajribali futbolchi 2015 yildan beri “Yuventus” tarkibida 287 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 24 ta gol urgan va jamoadoshlariga 65 ta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!