
Masharipovning super goli jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)
Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al Feyxa" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Jaloliddin 74-daqiqada jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bellashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda hamyurtimiz zaxirga olindi.
Ma’lumot uchun, "Al-Nassr" ushbu g‘alabadan keiyn ochkolar sonini 48 taga etkazib, vaqtincha ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar