Mashhur darvozabon "Manchester Siti"ga qaytdi, lekin...

  • 09.07.2026 10:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» sobiq darvozaboni Villi Kabalero yana klubga qaytdi va jamoaning yangi bosh murabbiyi Enco Mareska shtabiga qo‘shildi.

Argentina terma jamoasi sobiq posboni 2014–2017 yillarda «Siti»da uch mavsum o‘ynagan edi. Endi u «Lester» va «Chelsi»da Mareska bilan birga ishlaganiidan so‘ng, «Manchester Siti»ga asosiy jamoa murabbiyi sifatida qaytadi.

Kabalero 2016 yilda «Manchester Siti» bilan Liga kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Pep Gvardiola qo‘l ostida to‘p surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin esa Mareska jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlagan.

44 yoshli Kabalero endi murabbiylar shtabi tarkibida faoliyat yuritadi. Ushbu shtabga bosh murabbiy yordamchisi Roberto Vitiyello, murabbiy Dënni Uoker, darvozabonlar murabbiyi Mikele De Bernardin, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mutaxassis Markos Alvares, tahlilchi Xavyer Molina va boshqa mutaxassislar ham kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!