Mashhur nashr JCh ishtirokchilarini o‘rinlarga joylab chiqdi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

  • 03.04.2026 01:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Nufuzli The Athletic nashri 2026 yildgi jahon chempionati ishtirok etadigan 48 ta terma jamoani 48 ta o‘ringa qo‘yib chiqishdi. Ushbu reytingni nashr vakillari Nik Miller va Spayers shakllantirishdi.

Kuchli o‘nlikdan Ispaniya, Argentina, Frantsiya, Braziliya, Niderlandiya, Angliya, Portugaliya, Germaniya, Kolumbiya va Xorvatiya terma jamoalari joy olishdi.  

Osiyo qit’asidan yuqori o‘rinlarni Janubiy Koreya (16-o‘rin), Yaponiya (21) va Avstraliya (25) egalashdi.

JCh-2026 “K” guruhida Portugaliya (6), Kolumbiya (9) va Kongo Demokratik Respublikasi (43) o‘rin olgan. O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 45-o‘ringa loyiq ko‘rildi. “Oq bo‘rilar”dan pastki pog‘onalarda faqatgina Iroq, Kyurasao va Gayti termalari joy olishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!