Mashhur yulduz afsusda: O'n yillik shartnoma tuzib, bekor qilibman!
Ispaniya chempionatining oʻrtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Atletik Bilbao” jamoasi yetakchisi Niko Uilyams oʻtgan yoz klub bilan oʻn yillik yangi shartnoma imzolagan edi.
Niko Uilyams ikki marta “Barselona”ga oʻtishga juda yaqin kelgan. Ayniqsa, oʻtgan yili yozda “Barselona” uning transferini deyarli kelishib boʻlgan, Niko ham Kataloniyaga ketish variantini tanlagan par pallada transfer amalga oshmay qoldi. Oxir-oqibat futbolchi “Atletik”da qolib, uzoq muddatli shartnomani qabul qilgan edi.
Endi Uilyams bu qarorida afsusda. U hozirgi jamoasi bilan katta yutuqlarga erishishga umidini yoʻqotgan. Bu haqida The Touchline nashri xabar qildi.
Manbaga koʻra, FIFA tomonidan klubga 2028 yilgacha qoʻyilgan transfer taqiqari vaziyatni yana ogʻirlashtirgan. 23 yoshli futbolchining atrofidagilar oʻyinchi oʻzini “qopqon”ga tushib qolgandek his qilayotganini va shartnomani uzaytirganidan afsuslanayotganini aytyapti.
Fikrlar