
Masvidal: UFC 249 uchun men tayyorman!
Yarimo‘rta vazn toifasida BMF chempioni Xorxe Masvidal 18 aprel kuniga mo‘ljallangan UFC 249 turnirida qatnashish istagini bildirdi.
"UFC 249 uchun men tayyorman," - dedi Masvidal.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning qaerda bo‘lib o‘tishi hamon noma’lum! Markaziy jangda esa Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson qarama-qarshi kelishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, shu kuni, yurtdoshimiz Mahmud Murodov AQSh vakili Kayl Robertsonga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar