Mats Xummels faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 16.11.2024 20:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Yozda "Borussiya" Dortmundni erkin agent sifatida tark etgan himoyachi Mats Xummels kuz boshida “Roma” safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shandan beri tajribali futbolchi "bo‘rilar" safida bor yo‘g‘i bitta uchrashuvda maydonga tushdi va atigi 23 daqiqa o‘ynadi.

Xummels ushbu vaziyatdan norozi va qishki transfer vaqtida Rim klubini tark etishga tayyor. Agar shundan keyin ham Matsga yaxshi takliflar kelib tushmasa, u futbolchilik faoliyatini tugatishga qaror qilishi mumkin. Bu haqda Italian Sky nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Klaudio Raneri “Roma” bosh murabbiyligiga tayinlandi. Balki yangi murabbiy kelganidan keyin Mats Xummelsning ishlari ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin. "Roma" hozirda A Seriya turnir jadvalida atigi 12-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!