Mavsum davomida bosh murabbiyini o‘zgartirib, EChLni yutgan jamoalar!

  • 26 mart, 2023, 16:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
CHERY AUTO

FIFA kunlari vaqtida asosiy voqelik Yulian Nagelsmanning "Bavariya"ni to‘satdan tark etishi va Tuxelning tayinlanishi bo‘ldi.

Yangi murabbiy uchta sovrin uchun kurashmoqchi ekanligini aytdi: Bundesliga, Germaniya kubogi hamda Chempionlar ligasi shular jumlasidandir

- Biz Nagelsmann qurgan jamoaga tayanishimiz kerak. 3 ta turnirda ham sovrin yutish imkoniyatimiz bor. 

- Albatta, xavf etarlicha. Ammo biz bosimni yaxshi ko‘ramiz. Mening futbolga bo‘lgan muhabbatim har qanday qo‘rquvdan kuchliroq. O‘z vazifamizga maksimal ishonch bilan yondashishimiz kerak. Uchala sovringa ham da’vogar bo‘lishni istaymiz. 

Mavsum davomida murabbiyini almashtirgan jamoalar Chempionlar ligasida necha marta zafar quchgan? Biz 1992 yildan beri (turnirning yangi davri) barcha chempionlariga nazar solib chiqdik. 5 ta holatda yangi murabbiy EChL bosh sovrinini ilib ketgan. 

Tecno

photo_2023-03-26_15-16-36

2019/20 yilgi mavsumda "Bavariya"ning o‘zi bunday yurishni amalga oshirdi. Noyabr oyida Kovach o‘rniga Flik jamoaga keladi va ilk mavsumidayoq mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni (Bundesliga, Germaniya kubogi va Chempionlar ligasi) qo‘lga kiritadi. 




"Real" va "Chelsi"da bu kabi holat ikki marta sodir bo‘lgan. Madridda murabbiylar almashinuvi odatiy holat. Hammaga ham ko‘p vaqt berlmaydi. Mavzuga qaytadigan bo‘lsak, "qaymoqranglilar"da mazkur sharafli ishni Visente del Boske hamda Zinedin Zidan uddalagan. Qiziqarli statistika: Zidan "Real"da faqat 2 mavsum to‘liq ishlagan, del Boske esa 4 mavsum. 

Shuningdek, futbol ommasi uchun notanish bo‘lgan Di Matteo 2012 yilning mart oyida "aristokratlar" bosh murabbiyi etib tayinlanib, UEFA Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqadi. Bunga qadar Di Matteo bosh murabbiy assistenti sifatida faoliyat olib borgandi. Tomas Tuxel bilan ham shu holat takrorlangan. U 2021 yilning yanvarida London klubiga kelib qo‘shiladi va mavsum so‘nggida sensatsion tarzda EChLda chempionlikni qo‘lga kiritadi.  

Yuqorida nomi tilga olingan mutaxassislar orasida faqatgina Di Matteo mart oyida kelib, qisqa vaqt ichida chempionlikka ega chiqqan. Qolganlarda biroz bo‘lsa ham moslashuv jarayonini o‘tash uchun vaqt bo‘lgan. Solishtirsak, Tuxel yuqoridagi 5 murabbiydan ham ko‘ra kechroq yangi jamoasini qabul qilib oldi. Biroq unda chempionlik tajribasi bor. Ko‘ramiz, Tomas bu tipdagi "koach"lar orasida oltinchi bo‘la olarmikan. 



Ajablanarlisi shundaki, mavsum davomida murabbiy almashtirgan jamoa atigi bir marotaba Chempionlar ligasi finaliga chiqib, mag‘lubiyatga uchragan. Mazkur holat 2007/2008 yili "Chelsi" bilan sodir bo‘lgan. O‘shanda Joze Mourino o‘rniga Abraham Grant jamoani qabul qilib olgan va finalda MYuga imkoniyatni boy bergan. 

Yana bir statistik fakt: 21 asrda mavsum davomida murabbiyni ishdan bo‘shatgan top-5 liga jamoalari atigi ikki marotaba mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Ikki safar ham bu holat myunxenliklar bilan sodir bo‘lgan. 2017 yilda Anchelotti ketib, Yupp Xaynkes jamoani qabul qilib oladi. 2019 yilda Xans-Diter Flik "cho‘kayotgan" Kovach jamoasini "quruqlikka" olib chiqishni uddalagan. Har ikki o‘zgarish ham jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va klub ichki chempionatda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Hatto 2019 yilda yuzaga kelgan almashish natijasi o‘laroq, jamoa trebl yutishga ham muvaffaq bo‘lgan. 

Mavsum o‘rtasida murabbiy o‘zgartirish "Bavariya"ning hiylasi, desak ham bo‘ladi. Bu safar ham ushbu nayrang ish berarmikan? Kuzatamiz! 


                                                                                                              Xudayqulov Karim tayyorladi 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!