
Maxachev Makgregorga qarshi jang qilishga tayyormi?
Engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachevning manfaatlarini himoya qilayotgan taniqli sport menejeri Ali Abdel-Aziz mijozining irlandiyalik Konor Makgregor bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Maxachev va Makgregor o‘rtasidagi jang? Bo‘lishi mumkin. Bu aqlbovar qilmas sport. Konor Chandlerni birinchi raunddayoq nokautga uchratishi mumkin va keyin hamma uni MMAdagi eng yirik yulduzlardan biri deb ayta boshlaydi. U sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, bu Konor.
Agar u UFC’ga: “Hoy, men chempionlik uchun jang qilmoqchiman” desa, Islom yo‘q demaydi. U bu kurashni rad etmaydi. Makgregor ahmoq, lekin u ham katta yulduz. Siz buni undan tortib ololmaysiz ”, - dedi Abdel-Aziz Submission Radio’ning YouTube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor va Chandler o‘rtasidagi jang iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar