Maykl Chendler: "Menga qarshi hech kim 25 daqiqa chidab turolmaydi"

  • 11.11.2024 16:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

UFC jangchisi Maykl Chendler ikki yil davomida oktagonga chiqmagan bo‘lsa-da, hozir eng kuchli jangchi ekanini ta’kidlamoqda.

"Ba’zan kuchliroq bo‘lish uchun katta qiyinchiliklarni boshdan kechirish kerak. Ehtimol, avval ko‘p xato qilgandirman, ammo endi u Chendler yo‘q. Ayni paytda erta g‘alabaga intilishni ma’qul ko‘rmayman. Biroq hotirjam holda aql bilan kurashsam, hech kim menga 25 daqiqadan ortiq bardosh bilan qarshi tura olmaydi", - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "Sherdog.com".

Eslatib o‘tamiz, Maykl Chendler (23-8) 17 noyabr kuni "UFC 309" turnirida  Charlz Oliveyra (34-10, 1N/C) bilan o‘zaro to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!