Maymunga o‘xshatilgan Vinisiusni Neymar qo‘llab-quvvatladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar hamyurti Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi.

Bir kun avval Ispaniya sport agentlari assotsiatsiyasi prezidenti Pedro Bravo "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida “Real” hujumchisini gol nishonlayotgan holatini maymunga qiyoslagan holda haqorat qildi: “Agar siz raqsga tushmoqchi bo‘lsangiz, u holda raqsga boring. Bu erda siz hamkasblaringizni hurmat qilishingiz va maymundek harakat qilishingizni bas qilishingiz kerak”.

"Gol uring, raqsga tushing va o‘zgarmang! Sizning borligingizdan xursandman. Do‘stim, keyingi goldan keyin birga raqsga tushamiz”, - deb yozdi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!