Mbappe, jamoani sen emas, men boshqaryapman!
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa hujumchisi Kilian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi o‘yinida ko‘rsatgan noroziligiga munosabat bildirdi.
- Men Mbappening nimaga jahli chiqayotganini tushunaman, lekin jamoani men boshqaraman. Bu faoliyatimdagi eng yaxshi qarorlardan bo‘ldi. Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda “Milan” 88-daqiqaga kelib, “Nyukasl”ni 2:1 hisobida engayotganini bilib, o‘z shogirdlarimga “Bu darajada tavakkal qilishga hojat yo‘q”, dedim.
Shundoq ham biz 88-daqiqaga kelib, “Borussiya” himoyasini ikki-uch marta yorib o‘tdik. Hujumga berilib ketmaslik haqidagi qaror juda to‘g‘ri edi. Garchi so‘nggi so‘zni men aytsamda, bu butun murabbiylar shtabi qarori bo‘lgandi, - dedi Luis Enriki.
Ushbu uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan tugadi va PSJ ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqdi.
Kilian Mbappe esa, jamoa kam hujum qilganidan norozi ekanini yashirmadi va bunga e’tiroz qildi.
Fikrlar