Mbappe 53 yillik rekordni takrorladi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kecha Frantsiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan "Dijon"ga (4:0) qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Shu tariqa joriy mavsum chempionatda 28ta uchrashuvda ishtirok etgan 20 yoshli futbolchi o‘zining gollari sonini 32taga etkazib oldi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra Mbappe 1966 yildan buyon Frantsiya chempionatida bir mavsumda 32tadan kam gol urmagan ilk frantsuz futbolchisiga aylandi.

Fikrlar