Mbappe "Barselona"ga qarshi asosiyda bo‘lmagani haqida: "Har bir o‘yinda maydonga tushishni xohlayman"
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe tizzasi jarohati qaytalanish xavfi bo‘lishiga qaramasdan, Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi o‘ynash qaroriga nima sabab bo‘lganini tushuntirdi. Ushbu o‘yinda "Real" 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
— Fransiyada siz Xabini saqlab qolish uchun o‘zingizni majburlab o‘ynaganingiz haqida yozishdi.
— Fransuz jurnalistlari yozgan har bir gapga izoh berishim kerakmi? Men "Barselona"ga qarshi o‘yinga bordim, chunki har doim har bir bahsda o‘ynashni xohlayman. Yaxshi o‘ynayapmanmi yoki yo‘q — bilmayman, lekin men shundayman. Agar maydonga tushish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalanaman.
Biz Superkubokka qaytishimni rejalashtirgan edik. "Atletiko"ga qarshi o‘ynay olmadim, bu meni juda xursand qilmadi. Finalga to‘liq tayyor emas edim, ammo murabbiy jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun kelishimni so‘radi. Iloji boricha ko‘proq o‘ynashga harakat qildim. Ammo natija yaxshi bo‘lmadi, chunki biz g‘alaba qozona olmadik. Endi yana qaytdim va bajarishim kerak bo‘lgan ishni qilyapman, — dedi Mbappe "Monako"ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Avvalroq fransuz futbolchisi zahiradan maydonga tushib, Xabi Alonsoni "Real"dan iste’foga chiqarilishdan saqlab qolishga uringani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq kataloniyaliklardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ispaniyalik murabbiy ertasi kuni lavozimini tark etdi. Shu bilan birga, Alonso va Mbappe o‘rtasidagi munosabatlar boshidanoq yaxshi bo‘lgani ta’kidlanadi.

Fikrlar