Mbappe derbida asosiy tarkibda tushishi mumkin
Kilian Mbappening "Atletiko"ga qarshi oʻyinni ilk daqiqalardan boshlash ehtimoli oshib bormoqda.
Hujumchi qarib bir oy davomida sogʻliq muammolari sabab oʻyinlarda ishtirok etmagan edi. U Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsda (2:1) zahiradan maydonga tushdi.
"COPE" maʼlumotiga koʻra, juma kuni Mbappe mashgʻulotlarda faol ishtirok etib, tizzasidagi jarohatdan toʻliq tiklanganini koʻrsatgan. Shu sababli 22 mart kuni boʻlib oʻtadigan Madrid derbisida uning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli ancha oshgan.
Shuningdek, Alvaro Karreras ham boldir mushagidagi jarohatdan toʻliq tiklandi va oʻynashga tayyor. Raul Asensio ham mushak muammolarini bartaraf etgan.
Jud Bellingem esa derbida oʻynash imkoniga ega, ammo uning asosiy tarkibda emas, zahiradan tushishi kutilmoqda.
Fikrlar