Mbappe: "Ispaniyada o‘zimni juda yaxshi his qilyapman"
"Real Madrid" hujumchisi va Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Ispaniyadagi hayoti haqida fikr bildirdi.
"O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Dam olishga va yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim, endi aniq maqsadlar bilan maydonga qaytdim. Hammasi endigina boshlanyapti, biz bu barqarorlikni saqlab qolishimiz kerak. Qo‘limdan kelganicha jamoalarim uchun foydali bo‘lishni istayman.
Bu yozda menda ko‘proq bo‘sh vaqt bo‘ldi, bu esa so‘nggi yillarda doim ham ro‘y bermas edi. Men o‘zimni baxtli his qilyapman. Madridda to‘liq moslashdim. "Real"da o‘ynash – bu mening orzuyim edi va endi shu erdaman. Ispaniyada men ko‘p muhabbat, hurmat va e’tibor olmoqdaman. Bu ajoyib.
Men baxtliman va har kuni maydonga chiqib, imkoniyatimdan kelgancha ko‘proq foyda berishga harakat qilaman", – dedi Mbappe TF1 telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar