Mbappe ketsa, PSJ uning o‘rniga kimni oladi?

  • 13.04.2021 22:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sancho yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatmoqda.

21 yoshli angliyalik futbolchiga PSJ asosiy da’vogar hisoblanadi. Parijliklar Kilian Mbappe jamoadan ketgan taqdirda, uning o‘rniga aynan Sanchoni olib kelishmoqchi. Aynan Sancho Parij klubi rahbarlarining asosiy maqsadiga aylangan.

Jeydonga xaridorlar qatorida “Manchester Yunayted” ham bor. Ammo mankunianliklar uni faqatgina transfer narxi pasaysagina sotib olishi mumkin. Aytish kerakki, dortmundliklar o‘tgan yoz Sancho uchun 110 mln funt so‘ragan edi.

Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida Bundesligada 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!