
Mbappe muhim o‘yinda PSJga yordam berolmaydi
"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchisi Kilian Mbappe katta ehtimol bilan Frantsiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Lion"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Le Parisien tarqatgan xabarga qaraganda, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi to‘pig‘ida og‘riq his qilmoqda. Shu bois u o‘ynay olmaydi.
Mbappe UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Bryugge"ga (2:2) qarshi bahsda jarohat olgan.
Mbappe joriy mavsum PSJ safida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdiri qo‘ydi. Uning klbu bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar